Линклар

logo-print

Amerikalik talabaning oteldan propagandistik shior bitilgan qandaydir bir predmetni o‘g‘irlagani Koreya xalq demokratik respublikasiga (Shimoliy Koreya) qarshi jinoyat sifatida malakalangan va u shu jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, 15 yillik katorgaga mahkum qilingan.

Otto Uormbyer Shimoliy Koreya bo‘ylab 5 kunlik sayohati yakuniga yetgach, Pxenyan aeroportida ushlangan.

21yashar amerikalik talaba fevralda Shimoliy Koreya rasmiylari uyushtirgan matbuot anjumanida avvaldan rejalashtirgan og‘ir jinoyatga qo‘l urganini tan olgan.

Shimoliy Koreya ma’murlari ilgari ham AQSh rasmiylarini kelib “savdolashishga” majbur qilish uchun bu mamlakatda hibsga olingan amerikalik fuqarolarni uzoq muddatli qamoqqa hukm qilib kelgan. AQSh rasmiylari kelgach, ko‘p hollarda mahbuslar ozod qilinadi. 2014 yili Shimoliy Koreya qo‘lga olingan uch amerikalikni ozod qilgan edi.

AQSh bilan Shimoliy Koreya o‘rtasida diplomatik aloqalar yo‘q.

XS
SM
MD
LG