Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:29

Tramp va Klinton birlamchi saylovlarda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi


AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlikka Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp va Demokratlar partiyasidan nomzod Xillari Klinton seshanba kuni bo‘lib o‘tgan birlamchi saylovlarda kamida uch shtatda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Milliarder Donald Tramp Florida shtatida 46 foiz ovoz olib, ortidan kelayotgan harifi, 27 foiz ovoz olgan senator Marko Rubiodan ancha oldinga o‘tib ketdi.

Trampga real raqib sifatida ko‘rilayotgan Rubio Floridadagi mag‘lubiyatidan so‘ng saylov poygasidan chiqishini e’lon qildi.

Tramp, shuningdek, Illinoys, Shimoliy Karolina hamda dastlabki natijalarga qaraganda, Missurida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Oxayo shtatida o‘tkazilgan birlamchi saylovda shu shtat gubernatori Jon Keysik g‘alaba qozonib, kampaniyada ishtirok etishni davom ettirish huquqini qo‘lga kiritdi.

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlikka Demokratlar partiyasidan nomzod Xillari Klinton Oxayo, Florida, Shimoliy Karolinada g‘olib bo‘ldi. Dastlabki natijalarga qarganda Illinoys ham Klintonniki bo‘ldi. Missuri bo‘yicha hozircha so‘nggi natijalar e’lon qilinmadi, bu shtatda Klinton Berni Sandersga yutqizayotgani aytildi.

Seshanba kungi birlamchi saylovlar natijalari Xillari Klintonning Demokratik partiyadan AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlikka nomzod etib ko‘rsatilishi muqarrar ekanligini ko‘rsatdi.

Biroq xuddi shunday gapni Donald Trampga nisbatan aytish hozircha qiyin. Buning uchun Tramp o‘z partiyasi saylovchilarining 1237 ovozini olishi lozim.

XS
SM
MD
LG