Линклар

logo-print

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda AQShdagi Kolumbiya universitetining Yer instituti tadqiqotchilari e’lon qilgan Baxtiyorlik indeksida O‘zbekiston bu yil ham baxtiyor mamlakatlar qatoriga kirib, 49-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili O‘zbekiston ro‘yxatning 44- pog‘onasida edi.

Baxt masalasida Qozog‘iston 54-, Rossiya 56-, Belarus 61-, Turkmaniston 65-, Qirg‘iziston 85-, Armaniston 121- o‘rinni egallagan. Ukraina postsovet mamlakatlari orasida eng baxtsiz mamlakat bo‘lib chiqdi. Bu mamlakat ro‘yxatning 123- pog‘onasidan joy olgan.

Daniya, Shveysariya, Islandiya, Norvegiya, Finlyandiya, Kanada, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Shvetsiya eng baxtli mamlakatlar sifatida tan olinib, ro‘yxatning dastlabki 10 pog‘onasini egallagan.

Suriya, Afg‘oniston va Afrikadagi 8 mamlakat eng baxtsiz mamlakatlar o‘ntaligini tashkil qilgan.

Baxtiyorlik indeksi tadqiqotchilari o‘z xulosalarini dunyoning 157 mamlakatida aholi daromadi, farovonlik ko‘rsatkichlari, mamlakat ichki yalpi mahsulotining jon boshiga to‘g‘ri keladigan ulushi, ijtimoiy himoyalanganligi, aholining hayotdan qoniqish darajasi kabi omillarni o‘rganish natijasida kelgan

XS
SM
MD
LG