Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:57

Parvez Musharrafning Pokistondan chiqishiga izn berildi


Pokiston Oliy sudi mamlakat sobiq prezidenti Parvez Musharrafga nisbatan 2013 yilda kiritilgan xorijga chiqish taqiqini bekor qildi.

Musharraf 2013 yil martida saylovda ishtirok etish uchun xorijdan vataniga qaytgan, biroq saylovoldi poygasidan chetlatilgandi. Unga qarshi davlatga xiyonat ayblovi doxil bir necha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Parvez Musharrafning advokatlari sobiq prezident umurtqasi bilan bog‘liq muammolar tufayli chet elda davolanishga muhtojligini ta’kidlamoqdalar.

Musharraf 1999 yili o‘sha paytda va hozirda bosh vazir bo‘lgan Navoz Sharifni iqtidordan chetlatgan to‘ntarish ortidan hokimiyat tepasiga kelgandi. Parvez Musharraf 2008 yili prezidentlikdan iste’fo berib, xorijga chiqib ketgandi.

XS
SM
MD
LG