Линклар

Chorshanba kuni Rossiya Turkiyada yetishtirilgan ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlariga yetkazib berilishiga nisbatan yangi cheklovlar joriy qildi.

Rosselxoznadzor ma’lumotiga ko‘ra, 17 martdan boshlab Turkiyadan Rossiyaga anor va qalampir olib kirilishi taqiqlanadi.

Rosselxoznadzor Turkiyadan qishloq xo‘jalik zararkunandalari tomonidan zararlangan mahsulotlar muntazam ravishda etkazib turilganini iddao qilmoqda.

Anqara va Moskva o‘rtasidagi aloqa Turkiya o‘tgan yil noyabrida Rossiyaning Su-24 jang uchog‘ini urib tushirganidan keyin keskin taranglashib ketgan.

Rossiya 2016 yil 1 yanvaridan Turkiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilgan, shu jumladan, bu mamlakatdan ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining olib kirilishi taqiqlangan. O‘shanda sanksiya ro‘yxatiga apelsin, mandarin, uzum, olma, nok, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, qulupnay, pomidor, bodring, piyoz, rangli karam hamda muzlatilgan parranda mahsulotlari kiritilgandi.

XS
SM
MD
LG