Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:56

Grozniyda rossiyalik taniqli huquq faoli kaltaklandi


Checheniston poytaxtida rossiyalik yetakchi huquq faollaridan biri niqobli kishilar hujumiga uchradi. Uni tuxumbo‘ron qilganlar, kaltaklaganlar, ustiga bo‘yoq to‘kkanlar va tort uloqtirganlar. Bungacha huquq faoli Grozniy-siti mehmonxonasidan chiqarib yuborilgan.

Rossiya Qiynoqlarni oldini olish qo‘mitasi rahbari Igor Kalyapin Chechenistonga 1996 yildagi urushda Rossiya qo‘shinlariga qarshi jangovar harakatlarda qatnashganlikda ayblanayotgan ikki ukrainga qarshi mahkamani kuzatish uchun kelgandi.

16 mart oqshomida mehmonxona ma’muri qurolli kishilar hamrohligida Kalyapinga mehmonxonani tark etishni buyurgan. Ko‘chaga chiqqanidan keyin unga 15 chog‘li erkak hujum qilgan. Bu voqeaga Ozodlikning rus xizmati muxbiri guvoh bo‘lgan. Hujum chog‘ida Kalyapin jiddiy jarohat olmagan.

Bu hodisadan bir hafta avval Qiynoqlarni oldini olish qo‘mitasining Grozniyga ketayotgan va ichida huquq faollari va jurnalistlar bo‘lgan mikroavtobusiga hujum qilingandi. Shaxsi noma’lum hujumchilar pichoq va tayoqlar bilan qurollangan bo‘lgan. Hodisa chog‘ida jurnalistlarga tegishli ayrim jihozlar o‘g‘irlangan yoki pachoqlangan.

XS
SM
MD
LG