Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:48

Ukraina: Iste’foga ketgan bosh prokuror vazifasiga tiklandi


Islohotlarga to‘sqinlik qilayotganlikda ayblanib, o‘tgan oy jamoatchilik bosimi ostida iste’fo bergan Ukraina bosh prokurori Viktor Shokin ish joyiga qaytdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati Shokinning 16 martdan ishga qaytganini tasdiqladi.

Ukraina Oliy Radasi qo‘mitasi kuni kecha Viktor Shokinning vazifasidan ozod etilishiga oid masalani parlamentda ovozga qo‘yishni tavsiya qilgandi. Biroq Bosh prokuratura vakili Vladislav Kutsenko Shokin iste’fosi haqida qaror qabul qilish uchun ovozlar etarli bo‘lmaganini qayd etdi.

AQSh va Yevropa Ittifoqi rasmiylari davlat boshqaruv tuzilmalarini sog‘lomlashtirish islohoti doirasida Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoga bir necha bor Viktor Shokinni vazifasidan ozod qilishni tavsiya qilgandilar.

XS
SM
MD
LG