Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:04

Suriyalik kurdlar mamlakat shimolida alohida federal hudud e’lon qilmoqchi


Suriyalik kurd liderlari mamlakat shimolida alohida federal hudud e’lon qilish niyatidalar. Bu haqdagi qarorga ular Suriya hukumati va muxolifat o‘rtasida BMT vositachiligida Jenevada o‘tkazilayotgan muzokaralar xorijida qolganlaridan keyin kelganlar.

Suriyalik kurdlarning “Demokratik ittifoq” partiyasi vakili Navof Xalil Associated Press agentligiga o‘z partiyasi balki butun Suriya uchun tatbiq etish mumkin bo‘lgan federalizatsiya modeli yaratmoqchi ekanini bildirgan.

Xalilga ko‘ra, Suriya shimolida yaratilajak bu hududda kurdlardan tashqari turkomanlar ham, arablar ham yashaydi.

Federal hudud haqidagi deklaratsiya kurdlarning Suriya shimolidagi Rmeylan shahrida 16 mart kuni boshlangan konferentsiyasi yakunida qabul qilinishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG