Линклар

logo-print

AQSh Senati Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlardan bo‘lgan “tashviqot va dezinformatsiya”ga qarshi kurashga qaratilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqadi.

“Axborot urushiga qarshi kurash to‘g‘risida”gi bu qonun loyihasi AQSh Kongressi va Yevropadagi boshqa poytaxtlarda xorijiy dezinformatsion kampaniyalarga qarshi kurash uchun ko‘proq ish qilish lozimligi haqida kuchayib borayotgan chaqiriqlar qabatida ko‘rib chiqiladi.

Xususan, Rossiya g‘arblik siyosatchilar va deputatlarni NATO va Yevropa Ittifoqi atrofi hamda Ukrainadagi xatti-harakatlarini qanday tasavvur qilishi bilan xavotirga solib qo‘ygan.

Yevropa Ittifoqi Kreml homiyligida faoliyat yurituvchi RT va “Sputnik” kabi ommaviy axborot vositalariga qarshi turish bo‘yicha Yevropa tashqi harakatlar xizmati nomi ostida chog‘roq bo‘linma tashkil etgan. NATO ham Rossiya propagandasiga qarshi turish uchun Latviyada Strategik kommunikatsiya markazini tashkil qilgan.

Qonun loyihasi respublikachi senator Rob Portman va demokrat senator Kris Merfi tomonidan taklif qilingan. AQShning yangi qonunchiligi chet davlat hukumatlarining axborot urushidagi urinishlariga javob qaytarish va axborotni analiz qilish uchun markaz yaratishni ko‘zda tutadi.

Ozodlik tasarrufida bo‘lgan qonun loyihasida “Markaz AQSh, uning ittifoqchilari va hamkorlariga qarshi qaratilgan dezinformatsiya va tashviqotga qarshi o‘laroq faktlarga asoslangan bayoniy va tahliliy materiallarni qayta ishlaydi va tarqatadi”, deyilgan.

XS
SM
MD
LG