Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:17

Obama va G7 a’zolari Rossiyani ukrainalik uchuvchi Savchenkoni ozod qilishga chaqirmoqda


G‘arb nashrlari AQSh prezidenti Barak Obama va iqtisodi baquvvat davlatlarning rahbarlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoni hibsdan ozod etishga chaqirgani haqida xabar qilayapti.

16 mart kuni Putin bilan telefon orqali so‘zlashgan Obama unga, Ukraina sharqida barcha tomonlardan noqonuniy ushlangan shaxslarni ozod qilishni talab qilgan Minsk bitimiga muvofiq, uchuvchi Savchenkoni ozod qilishi lozimligini ta’kidlagan.

Kievda esa iqtisodiyoti baquvvat yetti davlat elchilari ochlik e’lon qilgan Savchenko sog‘lig‘i yuzasidan “jiddiy xavotir” bildirib, Rossiya rasmiylarini Minsk bitimi shartlariga amal qilgan holda ukrainalik uchuvchini ozod qilishga chaqirgan.

Rus rasmiylari 34 yoshli Nadejda Savchenkoni rossiyalik ikki jurnalist o‘limida ayblab, sudlamoqdalar. Prokuror buning uchun suddan uchuvchi ayolga 23 yillik qamoq jazosi so‘ragan. Savchenko ishi bo‘yicha sud hukmi 21-22 mart kunlari chiqishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG