Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:29

Qozog‘istondagi avtoavariyada ikki o‘zbekistonlik va bir qirg‘izistonlik halok bo‘ldi


Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi nobud bo‘ldi, yana ikki kishi tan jarohati oldi. Bu haqda Qarag‘anda viloyat ichki ishlar departamenti matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Spassk va Aqsu-Ayuli qishloqlari o‘rtasida VAZ-2115 avtomobilini haydab ketayotgan qirg‘izistonlik haydovchi yaxlagan yo‘lda mashinani boshqara olmay qarshi yo‘lga chiqib ketgan va DAF rusumli yuk mashinasiga borib urilgan.

“Yo‘l-transport hodisasi oqibatida VAZ-2115 haydovchisi va O‘zbekiston respublikasi fuqarosi bo‘lgan ikki kishi olingan jarohatlar tufayli voqea joyida jon bergan. Engil avtomobil yo‘lovchisi bo‘lgan yana ikki o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizilgan”, deyiladi Qarag‘anda viloyat ichki ishlar departamenti xabarnomasida.

Hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan departament xodimlari avtohalokatga yo‘liqqan kishilar shaxsini ochiqlamagan.

XS
SM
MD
LG