Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:31

YeI Markaziy Osiyo bozoriga Rossiyani chetlab o‘tuvchi yo‘l izlamoqda


Payshanba kuni Toshkentda jurnalistlar bilan uchrashgan O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Yuriy Shterk ittifoqning Rossiyaga joriy qilgan iqtisodiy sanksiyalari Markaziy Osiyo uchun jiddiy muammolar tug‘dirganini e’tirof etdi.

Ittifoq vakili ta’kidicha¸ YeIning Rossiyaga¸ Rossiyaning esa¸ YeI tovarlariga qarshi joriy qilgan sanksiyalari YeI mahsulotlarini Markaziy Osiyo¸ xususan¸ O‘zbekistonga yetkazish jarayonini murakkablashtirgan.

Shu munosabat bilan¸ elchiga ko‘ra¸ YeI mintaqa bozoriga eltuvchi muqobil va nisbatan arzon yo‘nalishlarni ko‘rib chiqmoqda.

O‘tgan yil iyulida YeI O‘zbekistonga 2020 yilga qadar 168 million yevrolik yordam ajratishga qaror qilgan edi.

1996 yilda O‘zbekiston va YeI o‘rtasida Sherikchilik va hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolangan.

XS
SM
MD
LG