Линклар

logo-print

Interfaks agentligining Rossiya Ichki ishlar vazirligidagi o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha¸ Moskvada o‘z qaramog‘idagi 4 yashar qizchani o‘ldirgan o‘zbekistonlik Gulchehra Boboqulovaning diniy-ekstremistik guruhlarga aloqasini tasdiqlovchi dalil hozircha topilmagan.

Tergov hozircha bunday aloqani o‘rganmayotganini bildirgan Interfaks rasmiy manbasi¸ Boboqulovaning ruhiy kasal ekani¸ unga o‘tmishda shizofreniya tashxisi qo‘yilgani haqida O‘zbekistondan dalolatnoma kelganini qo‘shimcha qilgan.

Aytilishicha¸ tergov davomida Boboqulova o‘z ko‘rsatmalarini bir necha bor o‘zgartirgan va bu ham uning psixik jihatdan sog‘ emasligi tasdig‘i sifatida ko‘rilmoqda.

29 fevral kuni Moskvaning "Oktyabrskoe pole" metro bekati yaqinida bolaning kesilgan boshini ko‘tarib¸ Ollohu akbar deb qichqirib yurgan ayol qo‘lga olindi.

Qaramog‘idagi kasal qizni o‘ldirib¸ boshini kesgach¸ kvartiraga o‘t qo‘ygan 38 yashar O‘zbekiston fuqarosi Gulchehra Boboqulovaga nisbatan Rossiya Jinoyat Kodeksining qotillik kabi bir necha moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Hozirda Boboqulova jazoni o‘tash muassasalari qoshidagi ruhiy kasalliklar bo‘limida saqlanmoqda.

XS
SM
MD
LG