Линклар

logo-print

Los Angeles Times gazetasida 17 mart kuni chop etilgan O‘zbekistondagi gey va transgenderlar taqdiriga bag‘ishlangan maqolada aytilishicha¸ mamlakatda o‘z jinsini rasman ruxsat etilgan jarrohlik operatsiyasi orqali o‘zgartirayotganlar soni oz bo‘lsa-da¸ oshib bormoqda.

Maqola qahramoni Yan ismlik yigit¸ o‘tmishda o‘zining ayol bo‘lgani¸ ammo bir necha bosqichlik xirurgik aralashuvdan so‘ng¸ hozirda erkakka aylangani va maktabda birga o‘qigan qizga uylanganini aytadi.

Yanga ko‘ra¸ u bu jarayonni tegishli qonunchilik doirasida rasmiylashtirgan va hozirda unga yangi erkakcha ism berilgan yangi pasport ham berilgan.

AQSh nashriga aytib bergan hikoyasida Yan¸kamida uch o‘zbekistonlikning rasmiy ruxsat bilan o‘z jinsini o‘zgartirganidan xabardorligini bildirgan.

O‘zbekiston hamjinslar bilan yashashni hamon o‘z Jinoyat Kodeksidan chiqarmay kelayotgan postsovet hududidagi uch davlatdan biri (qolgan ikkitasi Turkmaniston va Ozarbayjondir – tahr.) bo‘lib kelmoqda va mamlakatdagi gey hamda transgenderlar doimiy tazyiq va ruhiy bosimlar ostida yashab kelmoqda.

XS
SM
MD
LG