Линклар

logo-print

Germaniya Turkiya poytaxti Anqaradagi elchixonasi¸ shuningdek Istanbuldagi konsullik idorasini vaqtincha ëpdi. Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra¸ bunday qarorga nemis diplomatik vakolatxonalariga nisbatan bo‘lgan tahdidlar sabab bo‘lgan.

Aytilishicha¸ Istanbuldagi nemis maktabi ham xavfsizlik tahlikasi ortidan ëpilgan.

O‘tgan hafta Germaniya rasmiylari Anqaradagi nemis fuqarolarini ehtimoliy terror hujumlaridan ogohlantirgan edi.

Ayni paytda¸ Kurdiston ishchilar partiyasidan ajrab chiqqan “Kurdiston erkinligi lochinlari” deb nomlagan guruh Internet orqali tarqatgan bayonotida Turkiya janub-sharqida borayotgan maxsus amaliyotlarga aloqadorlarga nisbatan hujumlar uyushtirish bilan tahdid qildi.

13 mart kuni Anqarada amalga oshirilgan terror xurujidan so‘ng Turkiya harbiylari kurd mintaqasida keng ko‘lamli amaliyot olib bormoqda. Bu hujum oqibatida 37 odam nobud bo‘ldi.

Hujum uchun mas’uliyatni zimmasiga olgan kurd guruhi qurbonlar aksari oddiy odamlar ekaniga qaramay¸uning politsiyachilarga qarshi qaratilganini iddao qildi va yangi hujumlarda ham aholi orasida qurbonlar bo‘lajagini bildirdi.

Anqarada 17 fevral kuni uyushtirilgan terror xuruji uchun ham javobgarlikni ayni kurd guruhi o‘z zimmasiga olgan edi. Bu hujum oqibatida 29 odam nobud bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG