Линклар

logo-print

Baku shahar mahkamasi o‘tgan dekabrda davlatga xiyonatda ayblanib¸ 6¸5 yilga qamalgan jurnalist Rauf Mirqodirov ustidan chiqarilgan hukmni o‘zgartirdi.

Baku mahkamasi hukmi bilan jurnalistga berilgan 6¸5 yillik qamoq qisqartirilib¸ 5 yil shartli jazoga almashtirildi va Mirqodirov sud zalidanoq ozodlikka chiqarildi.

28 dekabr kuni chiqarilgan avvalgi hukmda Mirqodirov Armaniston foydasiga josuslikda ayblangan edi.

Rus tilida chiqadigan Zerkalo gazetasi muxbiri bo‘lgan Mirqodirov tarafdorlari uning siyosiy asosda qamalganini ta’kidlaydilar.

2014 yilda Turkiyadan deportatsiya qilingan Mirqodirov Bakuga qaytishi bilan hibsga olingan va uning qamalishi inson haqlari va matbuot erkinligi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro guruhlar tomonidan qoralangan edi.

XS
SM
MD
LG