Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:56

YeI va Turkiya rahbarlari muhojir oqimini jilovlashga qaratilgan kelishuvni muhokama qilmoqda


Bugun Bryusselda Yevropa Ittifoqi va Turkiya yetakchilari minglab qochqinning Egey dengizi orqali Gretsiyaga kelishini to‘xtatishga qaratilgan kelishuvni imzolash bo‘yicha yana uchrashuv o‘tkazadi.

Yevropa Kengashi prezidenti Donald Tusk ikki kunlik Bryussel yig‘ini qatnashchilarini tomonlarning kelishuvga erishishi yo‘lida hali ancha muammolar borligidan ogohlantirdi.

YeI muhokama qilayotgan reja bundan 10 kun avval Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li tomonidan taklif etilgan. Bu rejaga ko‘ra¸ Turkiya o‘z qirg‘oqlaridan Gretsiyaga kesib o‘tgan muhojirlarni qaytarib oladi¸ ammo har bir qaytarib olingan muhojir o‘rniga YeI Turkiyadagi bitta qochqinni qonunan qabul qiladi.

Odam kontrabandachilari yo‘lga qo‘ygan biznes modelini chippakka chiqarish maqsadida ekani aytilaëtgan bu ayirboshlash g‘oyasi¸ rasmiylarga ko‘ra¸ qochqinlarga o‘z hayotini xatar ostiga qo‘ymasdan YeIga kelish muqobilini taklif etadi. Mazkur taklif ustiga qurilgan kelishuv loyihasida buning insoniy yo‘qotishlarni to‘xtatish va jamoatchilik tartibini tiklashga qaratilgan vaqtinchalik favqulodda chora ekani aytiladi.

Ammo bu taklifning Turkiyani YeIga qo‘shish yuzasidan ko‘pdan borayotgan muzokaralarga bog‘langani jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

XS
SM
MD
LG