Линклар

Suriya va Iroqda “Islomiy davlat” guruhiga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazayotgan xalqaro koalitsiya rasmiylari ayrim Rossiya harbiy uchqichlari Suriyani tark etayotgani¸ shunga qaramay¸ Rossiyaning Suriyadagi harbiy qudrati o‘zgarishsiz qolayotganini bildirdi.

Iroqdagi koalitsiya vakili polkovnik Stiv Uorren o‘nga yaqin Rossiya uchqichi Suriyani tark etgani va aeroport yaqinidagi quruqlik qo‘shinlarining kichik guruhi Rossiyaga qaytish uchun narsalarini to‘plaganini bildirdi.

Putin bayonotidan 48 soat o‘tib ham Rossiya harbiy uchqichlari havoga ko‘tarilayotganini aytgan polkovnik Uorren¸ ularning hozircha hujum uyushtirmaganini qo‘shimcha qildi.

Rossiya prezidenti Suriyadagi o‘z harbiylariga 15 martdan boshlab mamlakatni tark etishni buyurdi.

Ayrim G‘arb tahlilchilari¸ Putinning Suriya prezidenti Bashar Asadni urushni to‘xtatib¸ mojaroga siyosiy yechim topishga majburlash maqsadida shunday buyruq berganini taxmin qilmoqda.

XS
SM
MD
LG