Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:41

Qozoq vaziri yalang‘och haykalning ko‘kragini kesmoqchi


Bundan 11 yil oldin Ostonada o‘rnatilgan qozog‘istonlik talantli haykaltarosh To‘lepboy Erbo‘latning “Sevishganlar” nomli tahsinga loyiq asari muhofazakor fuqarolar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Hatto Ostonaning Sho‘ltoev degan yashovchisi haykalga ko‘ylak kiydirib boshiga ro‘mol o‘rab qo‘ydi.

Bu e’tirozlar ortidan Qozog‘iston badiiy akademiyasi haykalni o‘rganib “Estetika va tasviriy san’atning mukammal namunasi” deya xulosa berdi.

Shunga qaramay¸ Qozog‘iston Madaniyat va sport vaziri Arstanbek Muxamediuli yupun kiyingan ayol haykalining ortiqcha bo‘rtgan joylarini egovlab, randalash rejalanganini bildirdi.

Bu karikatura eltuz.com saytidan olindi.

XS
SM
MD
LG