Линклар

logo-print

Britaniya tahlil markazi AQSh prezidentligi uchun borayotgan saylovoldi kampaniyasida respublikachi da’vogarlar orasida peshqadamlik qilayotgan Donald Tramp ehtimoliy g‘alabasini dunyoga tahdid solayotgan 10 jiddiy omildan biri deb baholadi.

Economist Intelligence Unit 17 mart kuni e’lon qilgan yangi hisobotda Trampning AQSh prezidentligiga kelishi dunyo iqtisodini izdan chiqarib¸ AQShdagi siyosiy va xavfsizlik tahlikalarini oshirishi aytiladi.

Trampning AQSh prezidentligiga saylanishini Britaniyaning YeIdan chiqishi yoki Janubiy Xitoy dengizida harbiy to‘qnashuvlar boshlanishi oqibatidanda jiddiyroq deb topgan Britaniya tahlilchilari¸ bu ehtimolni jihodiy terrorizmning global iqtisodni beqarorlashtirish tahlikasi bilan bir qatorga qo‘ydi.

Ayni paytda¸ hisobot mualliflari Rossiyaning Ukraina va Suriyadagi harbiy aralashuvidan so‘ng boshlangan yangi sovuq urushni zamonaviy dunyo oldidagi asosiy tahdid deb baholadilar.

XS
SM
MD
LG