Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:10

AQSh Davlat kotibi ishidchilarni genotsidda aybladi


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri “Islomiy davlat” jangarilarini nasroniylar¸ yazidiy va o‘z nazoratidagi hududlarda yashovchi boshqa diniy va milliy guruhlarga nisbatan genotsid amalga oshirganlikda aybladi.

17 mart kuni Vashingtonda qilgan bayonotida Kerri ishidchilarning o‘zlari ham jihodiy kampaniyaning qator diniy va etnik guruhlarni yer yuzidan yo‘q qilishga qaratilganini e’tirof qilganini bildirdi.

- Daesh bu guruhlarga nisbatan (IShIDning arabcha qisqartmasi) shuningdek insoniyatga qarshi jinoyatlar va etnik tozalashlar o‘tkazishga mas’uldir. Ayni paytda¸ ishidchilar sunniy musulmonlar¸ kurd va boshqa milliy ozchilikka qarshi jinoyatlarni amalga oshirdi¸ dedi AQSh diplomatlari rahbari jumladan.

2014 yil avgust oyida Iroq shimolidagi Sinjar shahri “Islomiy davlat” guruhi tomonidan ishg‘ol qilinganidan so‘ng yuzlab erkak o‘ldirilgan, yazidiy ayollari esa cho‘ri sifatida sotilgan edi.

IShID yazidiylarni qatli vojib bo‘lgan murtadlar, deb e’lon qilgan.

XS
SM
MD
LG