Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:39

YeI ukrainaliklarning o‘z hududiga vizasiz kirishini tezlatishga qaror qildi


Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning Yevropa Komissiyasi prezidenti Jan-Klod Yunker bilan bugun Bryusselda o‘tkazgan uchrashuvidan so‘ng tomonlar Kiev hukumati YeI tomonidan tavsiya etilgan islohotlarni amalga oshirgani haqida bayonot berdilar.

Shu munosabat bilan kelasi oy YeIga a’zo 28 davlat va Yevropa parlamenti Ukraina fuqarolarining ittifoq¸ xususan¸ shengen hududiga vizasiz saëhat qilishlariga ruxsat berish masalasini ko‘rib chiqadi.

Bu kelishuvni ukrainaliklar uchun “juda ijobiy xabar” deb baholagan Poroshenko¸ o‘z hukumati ukrainaliklarning ittifoq hududiga vizasiz kirishi uchun shart qilib qo‘yilgan barcha talabni ado etganini bildirdi.

Ayni paytda prezident Poroshenko¸ Rossiya qamog‘ida qolaëtgan ukrain uchuvchisi Nadejda Savchenkoni o‘g‘irlab¸ unga uydirma ayblar qo‘yishga aloqador shaxslar ro‘yxatini ham YeI rasmiylariga taqdim etdi.

“Savchenko ro‘yxati”ga kiritilganlarga nisbatan YeI tomonidan sanksiyalar joriy qilinishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG