Линклар

logo-print

Rossiyada yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik 23 yoshli Rixsiniso Ergasheva amnistiya tufayli ozodlikka chiqarildi.

Tatariston matbuotining xabar berishicha, o‘tgan yilning 21 fevralida Ergashevaning Qozonda ijaraga olgan uyida ko‘zi yorigan. Shundan so‘ng Ergasheva Qozondagi 7 kasalxona oldiga borib, sumkaga solingan chaqaloqni ko‘chaga tashlab kelgan. Oqibatda chaqaloq muzlab o‘lgan.

Rixsiniso Ergasheva 2015 yil yozida Qozonda qo‘lga olingan. Sud uni 300 soat majburiy mehnatga hukm qilgan edi. Amnistiya tufayli ozod qilingan Ergasheva ayni paytda O‘zbekistonga deportatsiya qilinishini kutmoqda.

XS
SM
MD
LG