Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:21

Quvayt O‘zbekistonga yana 23,8 million dollar qarz beradi


Quvayt arab iqtisodiy rivojlanish jamg‘armasi O‘zbekistonga sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalar uchun 23 million 800 ming dollar qarz beradi.

Quvaytning Kuna agentligi qarz shartnomasi O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov hamda jamg‘arma raisi o‘rinbosari Hamad Sulaymon al Umar tomonidan imzolanganini xabar qildi.

Quvayt tomonidan berilayotgan kreditga O‘zbekistondagi urologiya bo‘limlari hamda gemodializ muassasalariga zamonaviy tibbiy uskunalar sotib olinadi. Mazkur qarz O‘zbekistonga 26 yilga 4 yillik imtiyoz va 1,5 foiz ustama bilan berilmoqda.

Avvalroq Quvayt arab iqtisodiy rivojlanish jamg‘armasi O‘zbekistonga 7 loyihani amalga oshirish uchun 130,5 million dollar qarz bergani xabar qilingan edi.

XS
SM
MD
LG