Линклар

Moskvaning Krasnogorsk tumanida Muyassarova Komila Xolboevna nomiga berilgan hujjatlar topib olindi. Pasportdan tashqari hujjatlar orasida ishga ruxsatnoma (patent), qaydga turish varaqasi, migratsiya kartasi va bir necha oylik to‘lov kvitantsiyalari bor.

11 mart kuni Moskva viloyatining Krasnogorsk tumani Timoshkino qishlog‘ida mehnat qilayotgan muhojirlar tomonidan O‘zbekiston fuqarosiga tegishli bo‘lgan pasport va zaruriy migratsiya hujjatlari topildi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan vodiylik Tohirjon pasportni yo‘l bo‘yida topib olganini gapirib berdi.

- Krasnogorskiy rayon, derevnya Timoshkino yonida Kristallistovo posyolkasida yo‘lni bo‘yidagi dachalar atrofida topildi. Aniq esimda yo‘q – bir haftalarcha oldin 11-12 mart kunlari topdim. O‘sha yerda post bor, shundan nariroqda yo‘l chekkasida yotgan ekan. U mashina yuradigan yo‘l, piyodalar yo‘lagi ham yo‘q. Pasport ichida patenti, registratsiyasi, patent to‘lovlari cheklari bor, dedi Tohirjon.

U avvaliga bir necha kun davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali ham hujjat egasini izlagani, biroq biror natija bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Suhbatdosh pasport o‘tib ketayotgan mashinadan tashlab ketilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilib, hujjatlar topilgan joy videokameralar nazorati ostida ekanini ham bildirdi.

Topilgan pasport 01.03.1976 yilda ROMITAN TUMANIDA tug‘ilgan MUYASSAROVA KOMILA XOLBOEVNA nomiga BUXORO VILOYATI PESHKO‘ TUMANI IChKI IShLAR BOShQARMASI tomonidan berilgan.

Muhojir yigitning so‘zlariga ko‘ra, pasportdan tashqari MUYASSAROVA KOMILAning migratsiya hujjatlari hamda cheklar unda saqlanmoqda.

Tohirjon pasport egasini tanigan-bilganlarni +7 999 987 9419 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi.

Shuningdek, pasport egasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Krasnogorsk tumani Timoshkino qishlog‘idagi dachalarda ishlayotgan Tohirjonga murojaat qilishi yoki Ozodlikning +7926 530 80 43 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

XS
SM
MD
LG