Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:36

AQSh Suriya shimolidagi muxtoriyatlarni tan olmaydi


Qo‘shma Shtatlar Suriya hududida “o‘zini o‘zi boshqaruvchi muxtoriyatlar” tuzilishini tan olmaydi. Bu haqda payshanba kuni Davlat departamenti bayonot berdi.

Avvalroq kurd partiyalari Suriya shimolidagi o‘z nazorati ostidagi hududlarda “federal tuzilma” tashkil etilgani haqida bildirgan edi.

Davlat departamenti rasmiysi Jon Kirbi AQSh Suriyani yagona va bo‘linmas davlat sifatida ko‘rishini bildirdi. “Vashington Suriyada o‘zini o‘zi boshqaruvchi yarim muxtor hududlarni tan olmaydi”, deyiladi bayonotda.

Kurdlarning “federal tuzilma” tashkil etgani to‘g‘risidagi bayonoti Suriya hukumati va Milliy muxolifat koalitsiyasi tomonidan ham qabul qilinmadi. Turkiya kurd partiyalarining bu kabi bir tomonlama harakatlarini qoralab chiqdi.

XS
SM
MD
LG