Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:02

Ukraina "Savchenko ro‘yxati"ga kiritilganlarga sanksiya joriy etishni talab qilmoqda


Ukraina uchuvchi Nadejda Savchenkoni “noqonuniy qo‘lga olish va unga nisbatan sohta ayblov bilan sud jarayoni uyushtirish”da ayblangan 46 odam ro‘yxatini tuzdi.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko 17 mart kuni mazkur ro‘yxatni Bryusselda Yevropa Kengashi va Yevropa komissiyasiga taqdim etib, Yevropa Ittifoqidan ro‘yxatdagi shaxslarga nisbatan sanktsiyalar joriy etishni iltimos qildi. Ro‘yxatdagi 44 odam Rossiya, 2 odam Ukraina fuqarosidir.

Rus rasmiylari 34 yoshli Nadejda Savchenkoni rossiyalik ikki jurnalist o‘limida ayblab, sudlamoqdalar. Prokuror buning uchun suddan uchuvchi ayolga 23 yillik qamoq jazosi so‘ragan. Savchenko ishi bo‘yicha sud hukmi 21-22 mart kunlari chiqishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG