Линклар

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17 mart kuni Kremlda harbiylarni mukofotlash marosimida, agar Moskva istasa Suriyadagi harbiy hozirligi masshtabini bir necha soat ichida yana qayta tiklab olishi mumkinligini aytdi.

Putin Suriyadan rus harbiylarining bir qismi olib chiqilganiga qaramay, bu mamlakat hududida “Islomiy davlat” guruhiga qarshi kurashish uchun yetarli darajada kuchga ega ekanini ta’kidladi.

“Ishonamanki, yaqin kelajakda biz yangi va jiddiy yutuqlarga erishamiz”, dedi prezident. U o‘z so‘zi davomida prezident Bashar Assadga sodiq kuchlar tarixiy Palьmira shahrini "Islomiy davlat" janggarilaridan ozod qilishiga ishonishini aytdi.

Putinga ko‘ra, Rossiyaning Suriyadagi 5 oy mobaynida o‘tkizgan harbiy amaliyotlari uchun 33 milliard rubl sarflangan.

XS
SM
MD
LG