Линклар

logo-print

Bugun Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasida Belgiya poytaxti Bryusselda qochqinlar masalasidagi so‘zlashuvlarning navbatdagi bosqichi o‘tkaziladi.

Yevropa Ittifoqi liderlari Turkiyaga Yevropaga kelgan qochqinlarning bir qismini qaytarishi evaziga katta miqdorda moliyaviy yordam hamda turk fuqarolariga Yevropa Ittifoqiga vizasiz kirish huquqini va’da qilmoqda.

Yevropa Kengashi raisi Donald Tusk mazkur masalada Yevropa Ittifoqiga a’zo 28 davlat yagona pozitsiyaga kelishi uchun yana ko‘p ishlar qilinishi lozimligini aytdi. Germaniya kansleri Angela Merkel "Murakkab muzokaralar oldinda turibdi, biroq muzokaralarning asosiy yo‘nalishi aniqlab olindi”, deb bildirdi.

Niderlandlar bosh vaziri Mark Ryutte Turkiya bilan shartnoma imzolangan taqdirda “uch-to‘rt hafta ichsida Yevropaga muhojirlar oqimi to‘xtatilishi”ga umid bildirdi. Litva prezidenti Dalya Gribauskayte esa qochqinlarni Turkiyaga qaytarish xalqaro huquq me’yorlariga zid kelishini va bu ishni amalga oshirish qiyin bo‘lishini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG