Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:02

Toshkentda ko‘p qavatli garajlar quriladi


Toshkent aeroporti yaqinida 800ta mashinaga mo‘ljallangan ko‘p qavatli avtomobillar turar joyi quriladi.

"Narodnoe slovo" gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtdagi “Toshkent” markaziy temir yo‘l vokzali bilan “Otchopar” bozorlari yonida ham 530ta o‘ringa ega ko‘p qavatli garajlar qurish rejalashtirilgan.

Shuningdek, shaharning turli hududlarida jami yigirmadan ziyod ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish ko‘zlangan. Ularning har biri 500dan ortiq mashinaga mo‘ljallangan bo‘ladi.

Toshkent shahri so‘nggi uch yil davomida xususiy metall garajlardan butunlay tozalandi.

Poytaxtliklarning metall garajlarni qisqa muhlat ichida buzish boshlandi va hokimlik bergan muddat ichida garajini buzib¸ yerini tozalab bermagan oilalar garaji majburan buzilib¸ metallolomga topshirildi¸ garaji buzilganlarga hech qanday tovon puli to‘lanmadi.

XS
SM
MD
LG