Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:50

Soliqchilar reydi ortidan Buxoro va Xorazm to‘ylari raqqosasiz qoldi


Самарқанд тўйи
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:39 0:00

Samarqand to‘yidagi raqqosa.

Davlat Soliq qo‘mitasi lizentsiyasiz faoliyat yurg‘izaëtgan san’atkorlarni ta’qib qilishni kuchaytirgani ortidan¸ Buxoro¸ Samarqand va Xorazm to‘ylaridan raqqosalar yo‘qoldi. Soliq qo‘mitasi rasmiylariga ko‘ra¸ ancha yil panja ortidan qarab kelingan bu xizmat sohasidagi litsenziyasiz faoliyatga nisbatan jazo qo‘llash kuchaygan. Aytilishicha¸ yillardan beri litsenziyasiz to‘y o‘tkazib kelgan raqqosalarni ta’qibga olish ham g‘aznaga jarima pullari tushirish¸ ham soliqchilar cho‘ntagini qappaytirishga xizmat qilmoqda.

17 mart kuni Ozodlikka buxoroliklardan biridan “Galaosiyodagi to‘yga ikkita melisa kelib¸ o‘yinchi qizlarni olib ketdi. Bundan keyin to‘ylarga raqqosa olib kelish taqiqlanibdi”¸ degan xabar keldi.

Bu xabarni o‘rganish jarayonida ayni kunlarda nafaqat Buxoro¸ balki butun O‘zbekiston bo‘ylab to‘ylarning raqqosalarsiz o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi.

Бухоро тўйи
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:07 0:00

Ayon bo‘lishicha¸ O‘zbekiston bo‘ylab soliq nazoratchilari to‘ylarda xizmat ko‘rsatish uchun maxsus ruxsatnomasi bo‘lmaganlarni ov qilishga kirishib¸ nafaqat raqqosalar¸ balki ularning litsenziyasiz o‘ynashiga ruxsat bergan restoran va to‘yxonalar¸ shuningdek to‘y egalarini ham katta miqdorda jarimaga tortganidan so‘ng¸ voha to‘ylarida boshdan-oxiriga qadar xizmat qiladigan raqqosalar ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

- Hozir to‘ylarda vobshe raqqosa yo‘q. Ruxsat yo‘q. Uch-to‘rt oydan beri to‘ylarga bittayam raqqosa chiqmayapti. Bizga kelib zapret qo‘yishdi. Bizga birorta raqqosa kirgizsang¸ to‘yxonangni yopib ketamiz pechatlab¸ degan. Bizga raqqosa mumkinmas¸ shtraf qilaman deb nalog kelayapti. Kostyumlashgan shou dastur ko‘rsatadiganlar¸ agar litsenziyasi bo‘lsa¸ kelib bir-ikkita o‘yin qiladi¸ bo‘ldi. Avvalgidek to‘yni to‘liq o‘tkazib beradigan raqqosaga ruxsat yo‘q. Bu faqat Buxoroda emas¸ butun O‘zbekistonda bo‘layapti¸ dedi Buxorodagi to‘yxonalardan birining ma’muri.

To‘ylarda raqqosa bo‘lmasin degan talab va raqqosalarni to‘ydan olib ketish bilan soliq inspeksiyasi xodimlari shug‘ullanayotgani bois¸ Ozodlik Davlat soliq qo‘mitasi rasmiysiga izoh uchun murojaat qildi. O‘zini tanishtirmagan mulozim mikrofonsiz suhbatda¸ raqqosalarning to‘ylardan g‘oyib bo‘lganini tasdiqladi va buni faoliyatni litsenziyasiz va gastrol-konsert guvohnomasisiz amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan jazo choralari qo‘llash jarayonining kuchaygani bilan izohladi:

- To‘ylarga raqqosa chiqmasin¸ degan qaror yoki qonun yo‘q. Biz butun respublika bo‘yicha to‘ylarda xizmat ko‘rsatayotgan san’atkorlarning litsenziyasi bor-yo‘qligi¸ ularning davlatga soliq to‘lab-to‘lamayotganini qattiq nazoratga oldik¸ xolos. Shu paytgacha bu narsaga panja ortidan qarab kelinayotgan edi. To‘yga boradigan ashulachilarning hammasida litsenziyasi bo‘lardiyu¸ lekin raqqosalarda bo‘lmasdi. Tekshirib ko‘rilsa¸ respublika bo‘yicha deyarli birorta raqqosada to‘yda xizmat ko‘rzatish uchun litsenziyasi yo‘q ekan. O‘zimiz ham hayron qoldik. To‘yga litsenziyasiz chiqayaptimi¸ bo‘ldi bu noqonuniy faoliyat deb baholanadi va reyd bo‘ladi. Litsenziyani “O‘zbeknavo” beradi. Bersa¸ marhamat mana litsenziyam bor deb¸ raqsga tushaversin¸ dedi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda Davlat Soliq qo‘mitasi rasmiysi.

Хоразм тўйи
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:00 0:00

Buxoro to‘ylarida boshlovchilik qilgan buxorolik suhbatdoshga ko‘ra¸ to‘ylardagi raqqosalarning lizentsiyasi bor-yo‘qligini tekshirish bundan bir necha yil oldin boshlangan¸ ammo korrupsiya sabab¸ bu jarayonni tartibga solish paysalga solib kelingan:

- Bir necha yil oldin raqqosalarni chetlatish uchun litsenziya talab qilish boshlandi. Raqqosalar haqiqatan ham litsenziyasiz ishlaydi¸ chunki litsenziyadan faqat davlat foyda ko‘radi¸ raqqosa bor-yo‘g‘ini litsenziya bilan soliqqa berishga majbur bo‘ladi. Buxoro to‘yxonalarida rosa reydlar uyushtirishdi. Shu reydlardan keyin 500 ta raqqosa bo‘lsa¸ 50 tasi litsenziya oldi. Qolgani¸ soliqchi bilan “O‘zbeknavo”ga pora beradigan bo‘ldi. Soliqdagi homiysi¸ qachon reyd bo‘lishidan ogohlantiradi¸ bo‘ldi¸ deydi buxorolik suhbatdosh.

Qariyb 10 yildan beri qator qonun va qarorlarda ko‘zda tutilgan bu kabi xizmat faoliyati uchun litsenziya olish va muntazam soliq to‘lash talabining 2016 yilga kelib keskinlashgani¸ to‘ylarni tashkillashtirish jarayonidan bevosita xabardor suhbatdoshga ko‘ra¸ O‘zbekiston bo‘ylab soliq tushumlari yig‘ishni kuchaytirish¸ ayni paytda¸ soliqchilar noqonuniy daromadini ko‘paytirish urinishining bir qismidir.

- Buxoroda bitta raqqosa to‘yda boshdan-oxirigacha o‘ynab¸ ko‘pi bilan 100 ming so‘m topadi. Dollar oshadimi¸ tushadimi¸ uning daromadiga ta’siri yo‘q. Raqqosalik oson ish emas. Uch oyga litsenziya olishning narxi¸ eng kami 650 ming so‘m. Keyin oyiga soliq to‘lash kerak. Qonuniy ishlayman desa¸ o‘ziga hech narsa qolmaydi. Ko‘pchilik raqqosalar yolg‘iz ona¸ bolalarini boqishi kerak. Shuning uchun litsenziya olmay¸ tavakkal qilib ishlashadi. To‘ylar nalogchilar uchun yaxshigina kormushka edi¸ bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Hozir byudjetga soliq tushumlarini kuchaytirish haqida tepadan qattiq ko‘rsatma olishgan bo‘lsa¸ shunaqa qilib turishadi. Lekin to‘ylardan raqqosani yo‘qotishlariga ishonmayman. Boyvachcha to‘y qilsayu¸ kamida uchta raqqosa o‘ynamasa¸ bo‘lmaydi. Xalq hech bo‘lmasa o‘z to‘yini o‘zi xohlagandek o‘tkazishi kerakku¸ deydi Buxoro to‘ylarida litsenziya bilan boshlovchilik qilib kelgan Ozodlik suhbatdoshi.

XS
SM
MD
LG