Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:40

O‘zbekiston dinozavriga Amir Temur sharafiga Timurlengia nomi berildi


O‘zbekistonning Qizilqum cho‘lida tirannozavrning avval ma’lum bo‘lmagan turining qoldiqlari topildi. Bu haqda xalqaro axborot agentliklari hamda ilmiy nashrlar xabar berdi.

Qoldiqlarni Edinburg universiteti xodimlari AQSh va rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda topgan. Olimlarning aytishicha, topilgan qoldiqlar tirannozavr qanday evolyutsiya qilganini anglashimizga ko‘mak beradi.

Yangi turni Amir Temur nomi bilan Timurlengia euotica deb atashdi. Paleontologlar asosiy qoldiq dinozavr bosh suyagining miyani o‘rab turgan qismi ekanligini bildirishdi. Bundan tashqari, hududda yana bir necha suyak qoldiqlari topilgan. Kompyuter tomografiyasi yordamida yangi turning miyasi undan keyin yashagan tirannozavrlarnikiga o‘xshash ekanligi aniqlandi.

Bundan taxminan 170 million yil avval ilk tirannozavrlar yuzaga kelgan va o‘nlab million yil davomida ularning tanasi nisbatan kichik bo‘lgan. Hozirgacha tirannozavridlar qanday evolyutsiya qilgani to‘liq ma’lum emas edi. Orada 20 million yildan ortiq bo‘shliq yuzaga kelgan edi.

Tadqiqotga etakchilik qilgan taniqli paleontolog Stiven Bryusatt Bi-Bi-Siga bergan intervьyusida: “Dinozavrning butunlay yangi turini topdik. Bu tirannozavrning yaqin qarindoshlaridan biridir. Lekin u ancha kichik bo‘lib, taxminan otdek bo‘lgan. U bo‘r davrida tarqalgan bo‘lgan. Aynan shu davr bo‘yicha qoldiqlar yo‘q edi”, dedi.

Ўзбекистон динозаврига Амир Темур шарафига Timurlengia номи берилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:37 0:00

Timurlengia euotica taxminan 90 million yil avval yashagani, patlari bo‘lgan va bo‘yi ko‘pi bilan 1,7 metr, vazni esa taxminan 250 kg bo‘lgan. Solishtirish uchun tirannozavrning bo‘yi 12 m, vazni esa 7 tonna bo‘lgan. Timurlengia euoticaning oyoqlari uzun bo‘lgan, jag‘ida o‘tkir tishlari bo‘lgan va u tez chopa olgan.

“Timurlengia euotica chaqqon ovchi bo‘lgan. Go‘shtni kesish uchun uzun, pichoqsimon tishlari bo‘lgan. Taxminimizcha, u yirik o‘t-o‘lan iste’mol qiluvchi hayvonlarni, ayniqsa, o‘rdak tumshuqli dinozavrlarni eb kun kechirgan”, dedi Tabiiy tarix milliy muzeyi xodimi Hans Syus.

Bryusatt oraliqdan avval tirannozavrlar kichik bo‘lgani, keyin esa barchasi yirik bo‘lgani hayratlanarli ekanligini aytdi. Olimlarga ko‘ra, O‘zbekiston 20 million yillik oraliq davomida yashagan jonzotlar qoldiqlarini topish mumin bo‘lgan juda oz joylarning biridir.

Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etilgan maqolada Timurlengia euoticaga batafsil tavsif berilgan.

XS
SM
MD
LG