Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:51

Qirg‘iziston chegaradagi vaziyat bo‘yicha O‘zbekistonga nota jo‘natdi


Qirg‘iziston hukumati O‘zbekistonning o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi bahsli hududga harbiy texnikalarni joylashtirib, o‘tish punktlarini yopganiga norozilik bildirib, rasmiy Toshkentga nota jo‘natdi.

Bu haqda xabar qilgan Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Doniyor Sidikovga ko‘ra, rasmiy Bishkek O‘zbekistondan zudlik bilan chegaraga qo‘yilgan blok-postlarni olib tashlashni talab qilgan.

Sidikovga ko‘ra, o‘zbek tomoni o‘zining ushbu harakatlari bilan chegaraoldi hududidagi ikki xalq o‘rtasida mojarolar kelib chiqishiga sabab bo‘lishidan ogohlantirilgan.

Qirg‘iz rasmiylariga ko‘ra, O‘zbekiston chegarachilari 18 mart kuni ertalab Qirg‘iziston bilan bahsli bo‘lib turgan hududga kamida bitta bronetransportyor bilan kirib kelib, chegara posti o‘rnatgan va bahsli hududdan o‘tgan Karvon-Olabuqa yo‘lidan ketayotgan yo‘lovchilarning hujjatlarini tekshira boshlagan.

Bundan tashqari o‘zbek tomoni o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi bir qator o‘tkazish punktlarini yopgani ham xabar qilindi.

Qirg‘iziston Chegara xizmatining bildirishicha, bahsli hududdagi o‘zbek harbiylari soni 35-40 kishini tashkil qiladi.

​O‘z navbatida Qirg‘iziston “Baymak-avtoyo‘l”, “Kensoy-avtoyo‘l” va “Qadamjoy-avtoyo‘l” chegara bekatlaridan O‘zbekiston fuqarolarining kirib-chiqishini taqiqlab qo‘ydi.

O‘zbekiston rasmiylari hozircha Qirg‘iziston bilan chegaradagi bu o‘zgarishlarni izohlagani yo‘q.

O‘zbekiston hukumati odatda "Navro‘z" va Mustaqillik" bayramlari arafasida mamlakat chegaralarida nazoratni kuchaytiradi. Mamlakatga kirish postlariga qo‘shimcha kuchlar tashlanib, chegaraga blok postlar o‘rnatilishi kuzatiladi.

Ayrim kuzatuvchilar Qirg‘iziston chegarasidagi bugungi vaziyatni ham "Navro‘z" bayrami oldidan bo‘ladigan odatiy xavfsizlik choralari sifatida baholamoqda.

XS
SM
MD
LG