Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:31

RFERL ozariy jurnalist Xadicha Ismoilova taqdiridan xavotir bildirdi


Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi rahbariyati qamoqda qolayotgan ozarbayjonlik jurnalist Xadicha Ismoilova taqdiridan xavotir bildirdi.

Payshanba kuni Ozarbayjon hukumati bir necha siyosiy mahbuslarni ozod qildi, biroq ular ro‘yxatida jurnalist Ismoilova ismi yo‘q.

“Biz ozodlikka chiqarilgan jurnalistlar, huquq himoyachilari va faollar uchun juda xursandmiz. Lekin ular orasida Xadicha ham bo‘lishi lozim edi”, deyiladi radio bosh muharriri Nenad Peich nomidan e’lon qilingan bayonotda.

Ozarbayjon hukumatidagi korruptsiya va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev oilasiga taaluqli biznes haqida bir qator jurnalistik tekshiruvlarni olib borgan Xadicha Ismoilova 2015 yilning sentyabrida Boku sudi tomonidan yetti yarim yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Huquq faollari Ismoilovaga nisbatan jinoyat ishi soxtalashtirilganiga ishonilishini bildirib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG