Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:33

Rossiya Qrim anneksiyasining ikki yilligini nishonlayapti


Rossiyada Qrim yarim orolining Rossiyaga “qo‘shilishi”ning ikki yilligi nishonlanmoqda.

Sana munosabati bilan mamlakat oliygohlari va boshqa o‘quv maskanlarida ham turli xil aksiyalar o‘tkazilayotgani xabar qilindi.

Bugun prezident Vladimir Putin anneksiya qilingan Qrimga rasmiy tashrif bilan bordi.

Payshanba kuni Yevropa Ittifoqi Qrim anneksiyasi uchun yana Rossiyani qoralab, BMTga a’zo davlatlarni Rossiyaga nisbatan sanksiya qo‘llashga chaqirdi.

Freedom House tashkiloti Qrimda inson huquqlari toptalishi davom etayotgani haqida ma’lum qildi.

Ukraina va dunyoning yana 100ta davlati 2014 yil 16 martida Qrimda o‘tkazilgan referendumni tan olishmagan.

Ushbu referendum natijasiga ko‘ra, 97 foiz qrimlik Rossiyaga qo‘shilishni qo‘llagani iddao qilingan.

XS
SM
MD
LG