Линклар

Qozog‘istonda davlat idoralarida ishlovchilar uchun smartfondan foydalanish taqiqlandi.

Today.kz xabariga ko‘ra, yangi tartib joriy yil 24 martidan kuchga kiradi

Endilikda ishchi-xizmatchilar audio yozish, foto-video tasvirlar olish, Internetga ulanish imkoniga ega barcha mobil aloqa vositalarini ishlatishlari mumkin emas.

Taqiqqa sabab davlat idoralaridan mahfiy ma’lumotlarning WhatsApp va boshqa messenjerlar orqali chetga sizdirilish holatlari kuzatilgani sabab bo‘lgan.

Internetga ulanmagan va foto-video kamerasi bo‘lmagan oddiy telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Shuningdek, ishchilar SMS yozishlari ham mumkin.

O‘zbekistonda ham ayrim idoralar, jumladan, prokuratura xodimlariga ishxonada telefondan foydalanish taqiqlangan.Ta’lim maskanlarida ham o‘quvchi va talabalarga mobil aloqadan foydlanish man qilingan.

XS
SM
MD
LG