Линклар

logo-print

Keyingi kunlarda MXX tizimlarida ishlayotgan zobitlar ustidan jinoiy ish ochilib hibs qilingani haqidagi ketma-ket xabarlar paydo bo‘ldi. MXXchilar bilan bog‘liq ushbu vaziyatni Qurultoy eshittirishida muhokama qildik.

O‘tgan hafta Toshkentda qattiq qo‘riqlanadigan davlat rezidensiyasi hududida fahsh bilan shug‘ullangan prokuratura, MXX va boshqa tuzilmalar xodimlari qo‘lga olingandi.

Bundan oldin O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati polkovnigi o‘z joniga qasd qildi.

Nisbatan qisqa oraliqda MXX polkovnigi Javdat Sharifxo‘jaevga 16 yil berildi. MXXning yana 8 zobiti qamaldi

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha ayni paytda MXXning nafaqat O‘zbekiston, balki xorijdagi faoliyati sarf-xarajatlari uchun mas’ul boshqarma faoliyati bir necha oydan beri taftish etilmoqda.

Umuman keyingi ikki yil ichida 200 ga yaqin MXX zobitlari jinoiy surishtiruv protsedurasidan o‘tkazildi.

Ularning ichida general Hayot Sharifxo‘jaev hamda polkovnik Ibrohim Dexqonboev kabi yuqori lavozimdagi MXX zobitlari bor.

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi sobiq boshlig‘i Ibrohim Dehqonboev 15 yilga qamalgani ortidan u tashkil qilgani aytilayotgan jinoiy guruhga kirgan o‘nlab MXX xodimlari ustidan surishtiruv boshlangan.

XS
SM
MD
LG