Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:25

Rossiyada halokatga uchragan uchoqda O‘zbekiston fuqarosi ham bo‘lgan


Dubaydan parvoz qilgan yo‘lovchi uchog‘ining Rossiya janubidagi Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nayotgan payti halokatga uchrashi va yonib ketishi oqibatida ekipajning olti a’zosi doxil 62 odam halok bo‘ldi.

Halokat 19 mart kuni erta tongda yuz berdi.

Rossiya rasmiylari Boeing 737-800 laynerining FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli ekanini aytadilar.

Interfaks agentligining Dubaydagi Rossiya konsulligi ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, qurbonlar orasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor.

Qolgan yo‘lovchilarning aksari Rossiya fuqarolari bo‘lgani xabar qilinmoqda.

TASS agentligining Rossiya huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib xabar berishicha, Boeing 737-800 yo‘lovchi laynerining qulashiga yomon ob-havo sharoiti yoki ekipajning ehtimoliy xatosi sabab bo‘lishi mumkin.

Boeing kompaniyasi rasmiylari so‘rov bo‘lsa Rostov-Don aeroportida yuz bergan halokat sabablarini tekshirishda ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirganlar.

XS
SM
MD
LG