Линклар

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashiklotining (YeXHT) yuqori mulozimi Ozarbayjonda shu kunlarda ba’zi fuqaroviy jamiyat faollari va jurnalistlarning ozod etilishini olqishladi. YeXHT shuningdek qolgan siyosiy mahkumlarni ham ozod etishga chaqirdi.

YeXHT Demokratik Institutlari va Inson Huquqlari Idorasining boshlig‘i Maykl Georg Link 19 martda chiqarilgan bayonotda mahkumlarning ozod etilishini "ijobiy va xayrli qadam" deya baholagan.

Biroq u Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievni "hozirda qamalgan yoda harakatlanishi cheklanganlar, jumladan advokat Intiqom Aliev, jurnalist Xadicha Ismailova, [siyosiy faol] Ilg‘or Mammadov"ni qo‘yib yuborishga chaqirgan.

Prezident Aliev 17 mart kuni hammasi bo‘lib 148 mahkumni avf etdi. Ozod etilganlarning 13 nafari inson huquqlari tashkilotlarining siyosiy mahkumlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Inson huquqlari tashkilotlariga ko‘ra, Ozarbayjonda siyosiy vajlar bilan qamalgan yana 80ga yaqin mahkum bor.

XS
SM
MD
LG