Линклар

Istanbul markazida intihoriy hujum: 5 kishi o‘ldi, 36 kishi yaralandi


Portlash sahni zudlik bilan politsiya tomonidan o‘rab olindi

Portlash sahni zudlik bilan politsiya tomonidan o‘rab olindi

19 mart, shanba kuni Istanbulda xudkush hujumchi amalga oshirgan portlashda, so‘nggi rasmiy ma’lumotga ko‘ra, besh kishi halok bo‘ldi va kamida 36 kishi jarohat oldi.

O‘lganlar orasida xudkush hujumchi ham bor.

Turkiya Sog‘likni saqlash vaziri Mehmet Muazzin o‘g‘li, jarohat olganlardan yettitasining ahvoli og‘ir ekanini aytdi.

Ulardan 12 nafari xorijiy fuqarolar ekani xabar qilinadi.

Turkiyaning Dogan agentligi xabariga ko‘ra, jarohat olganlar orasida uch nafar Isroil fuqarosi ham bor.

Istanbul hokimi Vasip Shaxinning aytishicha, shaharda boshqa hujumlar yuz bergani haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Portlash Istanbul markazi - Taqsim maydoni Istiqlol ko‘chasida yuz bergan.

Ushbu ko‘chada ko‘plab saydo markazlari, qahvaxona va restoranlar joylashgan.

Sayyohlar orasida mashhur bu joy xafta oxirlarida juda gavjum bo‘ladi.

Hodisa joyiga "tez yordam" mashinalari yetib kelgan.

Politsiya portlash yuz bergan joyni o‘rab olgan.

13 mart kuni Turkiya poytaxti Anqarada yuz bergan portlashda 37 odam halok bo‘lgandi.

Portlash uchun mas’uliyatni kurd jangari guruhi o‘z zimmasiga olgandi.

Fevral oyida Anqaradagi harbiy konvoyga qarshi tashkil qilingan portlashda 28 inson halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar yaralangandi.

O‘tgan yili esa Anqarada kurd faollarining tinch namoyishida ikki xudkushlik hujumi sodir etilgan, oqibatda 100 dan ortiq inson halok bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG