Линклар

18 mart, juma oqshomida Ozod Yevropa/Ozodlik Radiosi Moskva idorasining boshlig‘i uyiga o‘zlarini Rossiyaning NTV kanali jurnalistlari deb tanishtirgan ikki shaxs kelib, Ozod Yevropa/Ozodlik Radiosi Rus Xizmatining “sobiq hamkorlari”dan olingan xabar yuzasidan ma’lumot to‘playotganlarini aytganlar.

Birining qo‘lida videokamera bo‘lgan mazkur shaxslar Ozodlik xodimidan uning daromadi va, o‘zlari aytmoqchi, Moskva hududi va atrofidagi ko‘chmas mulklari haqida tinimsiz savollar berganlar va uni Ozod Yevropa/Ozodlik Radiosiga qarashli mablag‘lardan o‘z manfaatida foydalanishda ayblaganlar.

Ozod Yevropa/Ozodlik Radiosining bosh muharriri Nenad Peyich hodisani “qo‘rqitishning jirkanch misoli, - deb atadi. - Rossiya rasmiylari aftidan bizning kasbiy foliyatimiz va muvaffaqiyatimiz tufayli bizga qarshi ish tayyorlayotganga o‘xshaydi.”

Gazprom Media egalik qilgan NTV Rossiyadagi mustaqil va muxolifat jurnalistlari hamda fuqaroviy jamiyat faollariga qarshi bo‘hton kampaniyalari bilan tanilgan.

Hodisa Kreml targ‘ibotchisi Dmitriy Kiselyov taqdim etgan televizion ko‘rsatuvdan bir hafta o‘tib yuz bermoqda. Unda Ozod Yevropa/Ozodlik jurnalistlari Rossiyaga qarshi til biriktirgan josuslar sifatida namoyish etildi. Teleko‘rsatuv paytida Kiselyov AQSh xalqaro axborot tashkiloti haqida hujjatli film ko‘rsatilishini e’lon qildi.

"Radio Svoboda" nomi bilan ma’lum Ozod Yevropa/Ozodlik Radiosi Rus Xizmati Moskvadagi Ozod Yevropa/Ozodlik Radiosining Moskva idorasi va Pragadagi Bosh qarorgohidan ish olib boradi.

XS
SM
MD
LG