Линклар

18 mart kuni Rossiya shaharlarida Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinganiga ikki yil to‘lishi munosabati bilan mitinglar va konsertlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tarbdirlar Rossiya hukumati tomonidan tashkillashtirildi.

Ikki yil muqaddam Rossiyada ma’muriy markazi Simferopol shahri bo‘lgan Qrim federal okrugi ta’sis etilgandi.

Moskvada o‘tkazilgan tadbirlarga, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, muassasalar ishchilari va oliygohlar talabalari majburan jalb qilingan.

Ukraina va yana dunyoning 100ga yaqin davlati Qrimda 2014 yil 16 martida Rossiya o‘tkazgan referendumni tan olmaydi.

Mazkur referendum natijalariga ko‘ra, qrimliklarning 97 foizga yaqini Ukraina mintaqasining Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishini dastaklagan edi.

XS
SM
MD
LG