Линклар

Bugun Rossiyaning Donetsk shahri sudida ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoga nisbatan hukm o‘qilishi kutilmoqda.

Sudya Leonid Stepanenko 9 mart kungi jarayonda sud hukmi 21 va 22 mart kunlari, ya’ni ikki kun davomida o‘qib eshittirilishini bildirgan edi. Prokuror ukrain uchuvchisiga 23 yillik qamoq jazosi berilishini so‘ramoqda.

Ukraina sharqidagi fuqarolar urushi borayotgan hududda ikki nafar rus jurnalistining o‘limiga aloqadorlikda ayblanayotgan Nadejda Savchenko o‘ziga bildirilgan ayblovlarni tan olmagan.

Mazkur sud jarayoni Ukraina va boshqa davlatlarda katta norozliklarga sabab bo‘ldi. G‘arb davlatlari Kremlni Savchenkoga nisbatan jinoyat ishini soxtalashtirganlikda ayblamoqda.

Nadejda Savchenko 2014 yilda rossiyaparast isyonchilar tomonidan o‘g‘irlanib, Rossiyaga yashirn ravishda olib ketilganini aytmoqda. Uning adovkatlari rus jurnalistlari o‘ldirilgan paytda Savchenok qamoqda bo‘lgani haqida aniq dalillar borligini bildirgan.

XS
SM
MD
LG