Линклар

logo-print

AQSh prezidenti Barak Obama yakshanba kuni Kuba poytaxti Havanaga keldi.

Obamaning Kuba safari tarixiy tashrif sifatida baholanmoqda. Obama so‘nggi 88 yil ichida birinchi marta Kubaga safar qilgan AQSh prezidenti bo‘ldi.

AQSh va Kuba o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1959 yilda Fidel Kastro rahbarligidagi kommunistlar inqilob yo‘li bilan hokimiyatga kelganidan so‘ng buzilgan edi.

Obamani Havana aeroportida Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parrilya kutib oldi. Barak Obama dastlab Havanada yangi ish boshlagan AQSh elchixonasi xodimlari bilan uchrashdi.

AQSh prezidenti 48 soatlik safari davomida prezident Raul Kastro va siyosiy dissidentlar bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Biroq Obama Havanaga kelishiga bir necha soat qolganida, kubalik dissidentlar uyushtirgan namoyish politsiya tomonidan tarqatildi. Kuba politsiyasi 50 namoyishchini hibs qilgani aytilmoqda.

Obamaning bu safari Oq Uy Kubaga nisbatan yarim asrdan ortiq davom etgan siyosatini o‘zgartirib, tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashni boshlashga qaror qilganidan 15 oy o‘tib amalga oshirilmoqda

XS
SM
MD
LG