Линклар

"Rossiyaning Peterburg shahrida Toshkent tomonidan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovga qarshi fitnada ishtirok etishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi", deb xabar berdi yakshanba kuni Peterburgning “Fontanka” portali.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonning ismi aytilmayotgan 32 yoshdagi fuqarosi Kolpinsk shossesida 19 mart kuni jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Mazkur shaxs Toshkent tomonidan O‘zbekistonda davlat to‘ntarishi uyushtirishga harakat qilganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.

Ayni paytda xalqaro hamjamiyat O‘zbekiston hukumatini muxolifat va o‘zgacha fikrlovchilarga nisbatan “davlat to‘ntarishi”, “fitna uyushtirish” kabi soxta ayblovlar bilan qamoqxonalarga tashlashiga norozilik bildirib keladi. Xalqaro tashkilotlarning bildirishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda ko‘plab siyosiy mahbsular mavjud.

XS
SM
MD
LG