Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:20

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida otishma bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarlar yolg‘on


Ўзбек чегарачилари баҳсли ҳудудга киритилиши муносабати билан Бишкекда ўтган пикет
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:31 0:00

O‘zbek chegarachilari bahsli hududga kiritilishi munosabati bilan Bishkekda o‘tgan piket.

Bu haqda Qirg‘iziston Chegara xizmati yakshanba kuni tarqatgan bayonotida rasman ma’lum qildi. Bundan avvalroq ayrim nashrlar va Internetda O‘zbekiston 2 BTR va 40qa yaqin askarini kiritgan Chalasart bahsli hududidagi chegarada o‘q otilgani yuzasidan paydo bo‘lgan xabarlar ortidan ijtimoiy tarmoqlarda provakatsion chaqiriqlar paydo bo‘lgan edi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining Chalasart deb ataluvchi bahsli hududida o‘q otilgani to‘g‘risida matbuot va Internetda tarqatilgan xabarlar asossizdir. Bu haqda yakshanba kuni Qirg‘iziston chegara xizmati bayonot tarqatdi.

Bayonotda aytilishicha, 18 martdan 20 martgacha bo‘lgan davrda mazkur hududda o‘qotar qurollardan o‘q otilmagan. Vaziyat nazorat ostida qolmoqda.

“Vaziyat Qirg‘iziston Chegara xizmatining to‘liq nazorati ostidadir. Qirg‘iziston Chegara xizmati O‘zbekiston tomonining harakatlariga mos ravishda Jalolobod viloyati Axsi tumaniga qarashli Chalasart hududida chegara xavfsizligini ta’minlash uchun tegishli choralarni ko‘rdi. Chegaraning mazkur hududiga 2 ta BTR va maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan harbiylar olib kirildi”, deyiladi Qirg‘iziston Chegara xizmati bayonotida.

Avvalroq ayrim nashrlarda va Internetda Chalasart hududida otishma bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi. Buning ortidan ijtimoiy tarmoqlarning Qirg‘iziston kontentida “dushmanlarga qarshi jangga chiqish kerak”, “dushman Vatanni bosib olmoqda” kabi provakatsion chaqiriqlar paydo bo‘lgandi.

Bir guruh qirg‘izistonlik faollar esa bu chaqiriqlarga javoban ijtimoiy tarmoqlarda provokatsiyaga aldanmaslik, qirg‘iz va o‘zbek xalqlariga tinchlik kerakligi, bu ikki xalq qondosh-jondosh ekanligi to‘g‘risidagi postlarni joylaganlar.

18 mart kuni O‘zbekiston chegarachilari ertalab soat 7:40lar atrofida Qirg‘iziston bilan bahsli bo‘lib turgan Chalasart deb ataluvchi hududga ikkita bronetronsportyor, 2 ta KamAZ va qirqqa yaqin harbiy kiritgan edi. O‘zbekiston tomoni buni Navro‘z bayrami tufayli chegaralarni qo‘riqlash kuchaytirilgani bilan izohlagan. Biroq Qirg‘iziston Chegara xizmati raisi Raimberdi Duyshenbiev O‘zbekiston tomonidan hozirgacha rasman tushuntirish berilmaganini aytdi.

-O‘zbek chegarachilari “Navro‘z bayrami munosabati bilan, bundan tashqari rejim tadbirlari o‘tkazilayotgani munosabati bilan shunday qildik”, deb aytmoqda. Biroq O‘zbekiston tomonidan rasman javob bo‘lgani yo‘q. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Toshkentga norozilik notasi jo‘natdi. Mana shu notaga rasmiy javob olinganidan so‘ng asosiy maqsad nima bo‘lganini aytishimiz mumkin, - dedi Rayimberdi Duyshenbiev.

Rasmiyning aytishicha, O‘zbekiston tomoni bahsli hududga harbiy texnika va askarlarini joylashtirishga haqli emas edi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida imzolangan shartnomalarda bahsli hududlarga qo‘shin va harbiy texnika kiritish taqiqlangan.

Rayimberdi Duyshenbiev qirg‘iz tomoni O‘zbekiston chegarachilarining “Navro‘z bayrami tufayli chegaralarni qo‘riqlashni kuchaytirish maqsadida bahsli hududga askarlar kiritildi”, degan izohiga ishonmasligini ham ta’kidladi.

O‘zbekiston o‘z harbiy texnikasi va askarlarini kiritgan bahsli hududda yashovchi aholi vakillari Bishkekdan tez orada o‘zbek harbiylarini mazkur hududdan chiqarishini talab qilmoqda.

-Hozir bu yerga minglab odamlar kelib ketdi. Biz ularni yaxshi gap bilan ortga qaytarayapmiz. Xalq “ularni o‘zimiz haydab chiqaramiz”, deb tahdid qilayapti. Shuning uchun bu masalani Bishkek tezroq hal qilib berishi lozim, - dedi Chalasart hududidagi Qashqasuv qishloq kengashi deputati Begimkul Ismanaliev.

18 mart kuni O‘zbekiston chegarachilari bahsli bo‘lib turgan Chalasart hududiga harbiy texnika va askar kiritganiga norozilik bildirgan bir qator faollar 19 mart kuni Bishkekda hukumat uyi oldida piket o‘tkazishdi. Piketga chiqqanlar qo‘llarida “Karimov Axsidan harbiylarni olib chiqib ket”, “Karimov Vatanimizdan qo‘lingni tort” kabi plakatlarni ko‘tarib turishdi.

XS
SM
MD
LG