Линклар

logo-print

Rossiyaning Rostov viloyati Donetsk shahar sudi ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoni rossiyalik ikki jurnalistning o‘ldirilishida ishtirok etganlikda aybdor, deb topdi.

Rossiya sudi Savchenko ustidan hukmni 21 mart kuni o‘qiy boshladi. Savchenko 2014 yilda Ukraina sharqida rossiyalik ikki jurnalistning o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblanmoqda. Uning o‘zi mazkur ayblovlarni inkor qilgan. Qoralovchilar Savchenkoga 23 yillik qamoq jazosi berilishini so‘ragan.

Savchenko ishi Ukraina va xalqaro maydonda Kreml tarafidan uyushtirilgan uydirma sudlov, deya qoralandi.

2015 yil sentyabrida Rossiyaning Donetsk shaharchasida sudlov jarayonida Savchenko namoyish qilgan qat’iyligi uni qahramonga aylantildi. U o‘zining qamoqqa olinishiga norozilik o‘laroq, ochlik e’lon qilgan.

Savchenkoning aytishicha, u 2014 yil iyunda Ukraina sharqida rossiyaparast ayirmachilarga qarshi janglarda asir olinib, Rossiyaga noqonuniy tarzda o‘g‘irlab olib ketilgan.

Ayblov iddaolariga ko‘ra, Savchenko rossiyalik jurnalistlarni o‘ldirgan raketa hujumi uchun koordinatalarni aniqlab bergan.

XS
SM
MD
LG