Линклар

AQSh Prezidenti Barak Obama Kubaga tarixiy safarini boshladi. Obama yetakchiligidagi delegatsiya mingan uchoq Havanaga 20 mart kuni qo‘ndi. Bu AQSh prezidentining 88 yil ichida Kubaga qilgan ilk tashrifidir va 1959 yilda Fidel Kastro yetakchiligidagi inqilobdan keyin buzilgan munosabatlarni yaxshilashdagi jiddiy qadam sifatida baholanmoqda.

Obama o‘z Twitter sahifasida “¿Que bolá Cuba?”, ya’ni “Ishlar qalay, Kuba?”, deya yozdi. 2014 yil oxirida Obama 50 yildan oshiq vaqt mobaynida ikki mamlakat o‘rtasidagi sovuqchilikka sabab bo‘lgan sanksiyalarni yumshatish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi.

Havana aeroportida Obamani Kuba rahbari Raul Kastro kutib olmadi, Aeroportga chiqqan eng yuqori darajadagi amaldor tashqi ishlar vaziri Bruno Rodrigez Pariya bo‘ldi.

Obama avval Havana mehmonxonlaridan birida yangi ochilgan AQSh elchixonasi xodimlari bilan uchrashdi.

“Bu Kuba xalqi bilan bevosita munosabat qilish uchun tarixiy imkoniyatdir”, dedi Obama diplomatik vakolatxonadagi uchrashuv paytida.

Obamaning Kuba Prezidenti Raul Kastro hamda siyosiy dissidentlar bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Lekin 20 mart kuni Obamaning Kubaga etib kelishidan bir necha soat avvalroq Havanada dissidentlarning namoyishi tarqtib yuborildi va 50ka yaqini hibsga olindi.

2014 yil dekabrida Obama va Kastro o‘rtasidagi telefon suhbati ortidan Havana bilan Vashington o‘zaro diplomati munosabatlarni tiklagan.

Lekin shunga qaramasdan ikki tomon o‘rtasida jiddiy ziddiyatlar, jumladan 54 yildan beri amal qiladigan AQShning Kubaga nisbatan iqtisodiy embargosi saqlanib qolmoqda.

XS
SM
MD
LG