Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:03

YeXHT: Qozog‘iston saylovlari demokratik tamoyillarga mos kelmadi


Qozog‘istonda o‘tkazilgan parlament saylovlari bu mamlakat o‘z zimmasiga olgan demokratik tamoyillarga to‘g‘ri kelmadi, deya xulosa qildi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti kuzatuvchilari.

“Qozog‘iston saylovlarni tashkil qilish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarga amal qilishi uchun hali ko‘p qadamlarni qo‘yishi kerak, lekin bunda ayrim siljishlar qayd etildi”, deya bayon qildi 21 mart kuni YeXHT kuzatuvchilari maxsus koordinatori Marieta Tidey.

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgan natiijalarga ko‘ra, prezidenti Nursulton Nazarboev boshchiligidagi Nur Otan partiyasi 20 mart kungi saylovda 82,15 foiz ovoz bilan g‘alaba qilgan.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, 107 o‘rinlik parlament quyi palatasiga o‘tish uchun talab etiladigan 7 foizlik marrani yana ikkita partiya o‘ta olgan.

Ya’ni yangi parlamentda ham shu paytgacha vakillari bo‘lgan uchta partiya qoladi.

Qozog‘iston 1991 yilda mustaqillikka erishganidan beri birorta saylov G‘arb tomonidan erkin, deya tan olinmagan.

XS
SM
MD
LG