Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:35

Kosovo bosh vaziri o‘z ukasi Germaniyadan boshpana so‘raganini tan oldi


Kosovo Bosh vaziri Iso Mutstafo ukasi 2015 yilning yoz oylarida Germaniyada boshpana olishga harakat qilganini tan oldi. Bosh vazir bu haqda 20 mart kuni o‘z Facebook sahifasi orqali bildirdi.

19 mart kuni tergov jurnalistikasi bilan shug‘ullanuvchi Insajderi.com sayti Rajip Mustafo o‘tgan yili Yevropa Ittifoqiga muhojirlar ommaviy tarzda kirib kelayotgan paytda Germaniyaning Raynland-Pfalts viloyatida qochqinlik olishga ariza topshirganini isbotlovchi hujjatni e’lon qildi.

Hujjatga ko‘ra, Rajip Mustafo 24 iyun kuni, bosh vazir akasi Germaniya Kansleri Angela Merkel bilan uchrashishishdan bir necha kun avval boshpana so‘rab, nemis rasmiylariga murojaat qilgan.

Bosh vazir 20 mart kuni Facebook sahifasida “bu gaplar rost”, deya bildirdi. Mustafoning tan olishicha, hodisa ro‘y berishi ortidan uni bu haqda xabardor qilishgan. “Rajip Mustafo Kosovoda davolab bo‘lmaydigan kasallikka tibbiy muolaja olish maqsadida mamlakat tashqarisidan boshpana so‘ragan”, deya izohladi bosh vazir o‘z ukasining harakatini.

Keyingi ikki yil ichida 70 mingga yaqin kosovolik Yevropa Ittifoqida boshpana so‘rab murojaat qilgan. Ya’ni Kosovo fuqarolari boshpana izlovchi mamlakatlar orasida Suriya, Afg‘oniston va Iroqdan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.

XS
SM
MD
LG